Jizzaxlik ayollar bilan bir kun
Jizzaxlik ayollar bilan bir kun

 

Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumani hamda Jizzax shahrida “Ayollarga ko‘mak” loyihasi doirasida “Jamiyat hayotida xotin-qizlarning faolligini oshirish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash” mavzusida turkum tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirlarda Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasi a’zosi M.O‘razaliyeva, O‘zXDP Markaziy Kengashi Xotin-qizlar bilan ishlash sektori mudiri G.Asatova hamda partiyamizning Jizzax viloyat Kengashi raisi N.Xolmatov, mahalliy kengash deputatlari, partiyaning mas’ul xodimlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Dastlab Sh.Rashidov tumanida joylashgan nogiron ayollar uchun mo‘ljallangan “Muruvvat” internat uyiga borildi. Bu yerda nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning yashashi va davolanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Muassasa 2022 yilda barcha standartlarga mos ravishda, zamonaviy qurilib, foydalanishga topshirilgan. Bugungi kunda turli viloyatlardan kelgan 18 yoshdan yuqori bo‘lgan 282 nafar nogironligi bor xotin-qiz yashamoqda va davolanmoqda. Xonalari toza, ozoda, shinam mebel texnikalar bilan to‘liq jihozlangan dargohda 245 nafar ishchi-xodimlar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasada davolanayotgan xotin-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, ularni davolash va sog‘lomlashtirish uchun barcha imkoniyatlar yetarli.

O‘tkazilgan davra suhbatida partiya o‘z g‘oyalari orqali nogironligi bor shaxslar huquqlarini ta’minlash hamda himoya qilishda munosib hissa qo‘shib kelayotganligi ta’kidlandi.

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish