Oldinda turgan muhim vazifalar muhokama qilindi
Oldinda turgan muhim vazifalar muhokama qilindi

 

Bugun O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashidagi majlislar zalida “O‘zbekistonda murojaat qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqning amaliy ijrosi” bo‘yicha Jizzax viloyatidagi deputatlik nazorati yakunlariga bag‘ishlangan onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi mas’ullari, O‘zXDP Jizzax viloyati kengashi mas’ullari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari a’zolari, partiya faollari, yoshlar ishtirok etgan muloqotni Markaziy Kengashi Boshqarma boshlig‘i Boymurat Yusupov kirish so‘zi bilan ochdi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, partiya saylovoldi dasturi hamda yillik ish rejalari, manzilli chora-tadbir va yo‘l xaritalariga muvofiq o‘z faoliyatini olib bormoqda. Aholining ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq qonunlar va qarorlar qabul qilinishida XDP munosib ishtirok etib kelmoqda.

Birgina Jizzax viloyatida viloyat, tuman va shaharlar kengashlaridagi 100 dan ziyod deputatlarimiz faoliyat yuritib, fuqarobay, xonadonbay aholi muammolarini o‘rganish maqsadida 95 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilgan. Ularda 378 ta muammoli masalalar ko‘tarilib, shundan 304 tasi ijobiy hal etilgan, qolgan 74 ta masala deputatlar tomonidan nazoratga olingan.

Partiyaning saylovoldi dasturida ilgari surilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, «Deputat mahallada», «Partiya elektorati muammolari e’tiborimizda», «Mehr ulashaylik» kabi amaliy loyihalar partiya tomonidan amalga oshirildi. Shu jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, og‘ip ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan aholi, nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish, holidan xabar olish maqsadida "Uyma-uy" loyihasi yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zXDP Jizzax viloyat Kengashi raisi N.I.Xolmatovning ta’kidlashicha, hududlardagi mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan 434 ta deputatlik so‘rovlari yuborilib, shundan 315 tasi ijobiy hal etildi. Bundan tashqari, 79 marotaba joylardagi hududiy rahbarlar va mansabdor shaxslarning hisobotlari va axborotlari eshitilgan.

Davra suhbatida deputatlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisobi tinglanishi bilan bir qatorda oldinda turgan vazifalar ham muhokama qilindi. Xususan, deputatlik guruhlari ishtirokida tuman kengashi doimiy komissiya yig‘ilishlarida va sessiyalarga tashkilot rahbarlarining hisobotlarini eshitishni kuchaytirish, targ‘ibot guruhlari ishini jonlashtirish, deputatlikka nomzodlar bilan individual ishlash kabi masalalar yuzasidan kelishib olindi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish