O‘zXDP Markaziy Kengashining plenumi bo‘lib o‘tdi
O‘zXDP Markaziy Kengashining plenumi bo‘lib o‘tdi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Kengash a’zolari, hududiy partiya kengashlari rahbarlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi, xalq deputatlari Kengashlaridagi guruhlari a’zolari, faollar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Kun tartibiga muvofiq, dastlab parlament quyi palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi, partiya Ijroiya qo‘mitasi faoliyati natijalari va dolzarb vazifalari ko‘rib chiqildi. Partiya Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Ulug‘bek Inoyatov mazkur masalalar bo‘yicha atroflicha axborot berib, ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratdi.

 

Fraksiya a’zolari 206 ta qonun loyihasi yuzasidan elektorat vakillarining huquq va manfaatlarini aks ettirishga qaratilgan takliflarni bildirganligi, 2600 dan ortiq fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning aksariyatiga yechim topilganligi qayd etildi.

Shuningdek, partiya 2019 yilgi parlament va mahalliy Kengashlarga saylovda 82 ta maqsadni belgilab olganligi, hozirga qadar ularning 70 dan ortig‘i amalga oshgani haqida ma’lumot berildi.

Plenumda fraksiya a’zolarining faoliyatini yanada kuchaytirish, qonun loyihalarini ishlab chiqish, huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, ijro etuvchi organlar mas’uliyatini kuchaytirish, partiya va deputatlik korpusi bilan faol hamkorlik qilish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

Plenumda qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda partiya Ustavini takomillashtirishga ehtiyoj sezilayotgani qayd etildi. Partiya Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha komissiya tuzildi hamda komissiya oldiga Ustavni takomillashtirish jarayonida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganib, muhim yo‘nalishlarda asoslangan takliflarni ishlab chiqish vazifasi belgilandi.

Shuningdek, majlisda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2023 yil budjetining ijrosi va 2024 yil budjetining asosiy ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi, partiya markaziy va mintaqaviy, tuman (shahar) kengashlarning yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

Plenumda muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

O‘zXDP Axborot xizmati

 

 

 

 

Teglar

Plenum
← Roʻyxatga qaytish