Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O‘.O‘razboyev Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumani Saraylik, Jizzaxlik, Toqchilik, Uchtepa, Oqtosh MFYlar va Otchopar massividagi saylovchilar bilan uchrashdi. Unda hududdagi yangi qurilayotgan umumta’lim maktablari, oilaviy poliklinikalarning rekonstruksiya qilish jarayoni o‘rganib chiqildi.
Shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynayotgan muammolar, ular tomonidan tushayotgan takliflar, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlarining xalq bilan hamkorligini o‘rganish, aholining huquqiy ongini yuksaltirish masalalariga e’tibor qaratildi. Aholining maishiy, ijtimoiy muammolari, mahallalarda aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sifati darajalari muhokama qilindi.
O‘rganishlar davomida tumanda 2024 yilda aholini doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ish bilan ta’minlash bo‘yicha 21 399 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish rejasi tasdiqlangani, shundan 4 254 ta doimiy, 11 633 ta mavsumiy va 5 512 ta vaqtinchalik ish o‘rinlarini yaratish belgilanganligi, tumanda 12 267 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, 5 oylik reja 115.1 % bajarilganligi, ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha oyma-oy hisobotlar yuritilib, manzilli ro‘yxatlar asosida soliq bazasi bilan solishtirilayotgani ma’lum bo‘ldi.