Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sh. Turg‘unova o‘z okrugidagi o‘rganishlari chog‘ida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi ijtimoiy soha obyektlarini investitsiya dasturi asosida qurish ishlarini kuzatdi.
Soha mutaxassislari va qurilish brigadalari vakillari bilan muloqotlar chog‘ida birmuncha kamchiliklar ham borligi aniqlandi.
Masalan, xom-ashyo yetkazib berishda uzilishlar bo‘lib, shuning hisobiga qurilish ishlari rejaga binoan ketmayapti. Ишчилар бўш қолаётганлиги туфайли доимий ишловчилар кетиб қолмоқда.
Бундан ташқари, бетон қуйиш учун бир кунга 100 минг сўм, яъни меҳнат бозорини инобатга олинмай белгилагани сабабли ишчиларда қўнимсизлик мавжуд. 4 ta investitsiya dasturidagi ijtimoiy soha obyekti o‘rganilganda barchasida xom-ashyo yetkazib berishdagi uzilishlar borligi aniqlandi.
Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar vakillari bilan kelishib olindi.