Murojaatlarni hal etish choralari ko‘riladi
Murojaatlarni hal etish choralari ko‘riladi

 

Shu kunlarda Qonunchilik palatasi deputati Mavjuda Hasanova mas’ul idoralar vakillari hamrohligida Uzun tumanidagi bir qator tashkilot va mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda ta’lim muassasalarida uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Muloqot chog‘ida quyi palata tomonidan yaqinda qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, yaqinda parlamentda qabul qilingan va Prezident tomonidan imzolanishi kutilayotgan o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etishga oid qonun bilan joriy etiladigan yengilliklar haqida aholiga keng tushunchalar berildi.

Tumandagi 14- va 18-maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda Xalq qabulxonasida, “Qarashiq” va “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan yig‘ilishlarda aholi ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasida keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning huquqiy asosini yanada takomillashtirish bo‘yicha ro‘yobga chiqarilayotga ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari ham tinglandi. Jumladan, 14-MTM xodimi Kumush Azamatova bog‘cha xodimlarining mehnat ta’tili bilan bog‘liq masalani ko‘tardi. 18-MTM mudirasi Guldasta Turdiyeva davlatimiz tomonidan qurib berilgan bolalar bog‘chasi binosining hozirgacha kadastr hujjati yo‘qligini va ushbu masalada yordam ko‘rsatilishini so‘radi.

Deputat aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarni mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan birgalikda hal etish choralari ko‘rilishini ma’lum qildi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish