Qonunchilik palatasi deputati Muqaddas O‘rozaliyeva bugun Yangiobod tumanidagi mahallalarda bo‘lib, ijtimoiy soha obyektlari holati va xizmat ko‘rsatish sifati bilan tanishdi.
Deputat dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023 — 2025 yillarda Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida tuman tibbiyot birlashmasi qoshida tashkil etilgan 50 qatnovli ko‘p tarmoqli poliklinikada bo‘ldi.
O‘rganish davomida 1 mlrd 250 mln so‘m mablag‘ evaziga qad ko‘targan ushbu tibbiyot muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchilik va muammolar yuzasidan tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashildi.