O‘zbekiston XDP Uchqo‘rg‘on tuman kengashi tomonidan «Uchko‘prik» MFYda mahalla faollari ishtirokida «Muhokama, tahlil va taklif» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Dastlab bugungi kunda qabul qilinayotgan qonunlar me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi. Xususan, parlamentda muhokama qilinayotgan «Aholini shovqinli zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun loyihasida taklif etilayotgan me’yorlar ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tildi.
Qonun loyihalarining xalq muhokamasiga qo‘yilayotgani, qonunlarni qabul qilishda deputatlar ochiq va oshkora o‘z fikr mulohazalarini bildirayotgani ularning xalqchilligini ta’minlashi ta’kidlandi.
Suhbatning ikkinchi qismida mahalla faollarining taklif va murojaatlari tinglandi. Jumladan, mahalla hududida Qishloq vrachlik punkti mavjud bo‘lib, ushbu vrachlik punktini 5 km masofada bo‘lgan joyga ko‘chirilgan. Bu o‘zgarish odamlarga qiyinchilik tug‘dirayotgani sababli qulaylik yaratish uchun avvalgi joyiga qaytarilishida yordam so‘raldi.
Shu bilan birga, «Mehnatobod-Uchko‘prik» yo‘nalishidagi qatnov yo‘llari ta’mirtalab bo‘lib, yaroqsiz ahvolga kelib qolganligi tufayli asfaltlashtirib berish masalasi o‘rtaga tashlandi. Masalalar mas’ullarga tegishli tartibda yetkazilib, hal etiladigan bo‘ldi.