Takliflar tahlil qilindi
Takliflar tahlil qilindi

 

Partiya faollari va yoshlar mana shu qonun loyihalarini yetkazish, partiya pozitsiyasidan kelib chiqib takliflarni shakllantirish uchun joylarda doimiy ravishda uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda. O‘zbekiston XDP Shumanay tuman kengashi raisi B.Sagatov tomonidan xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ishtirokida ana shunday tadbirning navbatdagi tashkil etildi.

Xususan, partiya elektorati manfaatlaridan kelib chiqib qonunchilikni takomillashtirishga oid berilayotgan takliflar haqida so‘z bordi.

«Muhokama, tahlil va taklif» mavzusida o‘tkazilgan tadbirda tuman kengashi raisi tomonidan partiyaning dasturi, saylovoldi dasturiga doir ma’lumotlar xususida ham so‘z yuritildi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlashga, uni ijtimoiy jihatdan himoya qilishga qaratilgan samarali islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga ma’muriy islohotlar doirasida bir qator respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zgartirilishini hisobga olgan holda va bandlik sohasidagi islohotlarning samaradorligini oshirish uchun qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Tadbirda ushbu fikrlar ta’kidlanar ekan, «respublika-viloyat-tuman-mahalla» tamoyiliga asosan tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borish haqida fikr almashildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish