Deputat yoshlar huzurida
Deputat yoshlar huzurida

 

Chust tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazida tuman Kengashiga 4-Charmgaron saylov okrugidan saylangan deputat Muqaddas Fazliddinova ishtirokida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Muloqotdan maqsad – yoshlarni qonun ijodkorligi jarayoniga jalb qilish, ularning muhim tashabbus va takliflarini olish, yoshlarning siyosiy ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat edi. Suhbat davomida qonunchilikdagi o‘zgarishlar va ularning kishilar hayotidagi ahamiyati haqida ham so‘z bordi. Yigit-qizlar islohotlar borasidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tuman Kengashi deputati uchrashuvda faol qatnashgan yoshlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarini topshirdi. Tadbir so‘ngida 10 ga yaqin yoshlar O‘zbekiston XDP safiga qabul qilindi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish