Har bir inson o'z haq-huquqlarini bilishi, ularning to'g'ri va oqilona foydalanishi kerak. Shu sababdan joylarda O'zbekiston XDP faollari va deputatlari aholi orasida tushuntirish-targ'ibot ishlarini o‘tkazib kelmoqda.
Bugun poytaxtimizning Uchtepa tuman kengashi tomonidan ana shunday tadbirning navbatdagisi tashkil qilindi. Xususan, 25-Oilaviy poliklinikada qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyatini o‘rganish, muhokama qilish va partiya pozitsiyasidan kelib chiqib takliflarni shakllantirishga qaratilgan munozara klubi tashkil etildi.
Suhbat davomida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga elektron (raqamli) dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida''gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Yig‘ilganlar o‘zlari qiziqtirgan savollarga mas’ul shaxslardan javoblar olishdi. Har bir qonun aholi manfaatlariga ishlashi uchun uning hayotiyligi, xalqchilligi muhim ekani ta’kidlandi.