O‘zbekiston XDP nomzodlari bilan muloqot qilmoqda

 

Saylovlarga tayyorgarlik qizg‘in. Bu yilgi saylovlar xalqimiz uchun ham, nomzodlar uchun ham yangicha sinov maydoni bo‘ladi. Sababi aralash tizimda o‘tkaziladigan mazkur jarayon odamlar nomzodlargagina emas, partiyalarga ham ishonch bildiradi, ularni yoqlab ovoz beradi.

Shundan kelib chiqib, joylarda parlament hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinmoqda. Ularda targ‘ibot tadbirlariga tayyorgarlik, zamonaviy usullarni samarali qo‘llash, xususan, ijtimoiy tarmoqlar, axborot kommunikatsiya vositalaridan to‘g‘ri foydalanishga oid masalalar muhokama qilinmoqda.

Bugun Toshkent shahrida ana shunday uchrashuvlardan biri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov ishtirok etdi. Partiya yetakchisi saylov kampaniyasi va targ‘ibot tadbirlaridagi o‘ziga xosliklarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Saylov Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish