Sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuv

 

Bugun Guliston shahar Musiqali drama teatri maydonida O‘zbekiston XDP Sirdaryo viloyat Kengashi tomonidan Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Z.Abduraxmonovaning saylovchilar bilan saylovoldi tashviqoti uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zXDP Sirdaryo viloyat Kengashi raisi Sh.Mamadetsoyev, O‘zXDP Sirdaryo viloyat Kengashi deputatligiga nomzod O‘.Abdiyev hamda partiya faoli O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Z.Eshmuratovlar ishtirok etishdi. Muloqotda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi nomzodlari hamda partiyaning yangi saylovoldi dasturida belgilangan asosiy maqsad va vazifalar saylovchilarga atroflicha tushuntirildi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida saylov qonunchiligiga oid savollar berilib, to‘g‘ri javob egalariga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar partiyani qo‘llab-quvvatlab, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish