Namanganda targ‘ibot tadbirlari qizg‘in davom etmoqda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Namangan shahar kengashi tomonidan davlat xizmatlari markazida saylovoldi targ‘iboti bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasiga ko‘rsatilgan nomzod Nasiba G‘ofurova, viloyat kengashiga ko‘rsatilgan nomzod Ilhomjon Atabayev, shahar kengashiga ko‘rsatilgan nomzodlar hamda saylovchilar ishtirok etdi.

Muloqotda “Har bir inson farovonligi” uchun shiorini o‘zida mujassam etgan partiya maqsadlari aniq vazifalar ro‘yobiga qaratilgani bilan ahamiyatli ekani ta’kidlandi.

Saylovoldi dasturidan o‘rin olgan ijtimoiy himoyani kuchaytirish, pensiya tizimiga o‘zgartirishlar kiritish, nogironligi bor shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash bilan bog‘liq taklif va tashabbuslar mazmun-mohiyati aniq misollar bilan tushuntirildi.

Uchrashuv davomida saylovda faol bo‘lish hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va nomzodlariga ovoz berishga chaqirildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish