Har bir inson farovonligi uchun targ‘iboti jarayoni qizg‘in pallada

 

Kogon shahridagi Kasb-hunar maktabi katta majlislar zalida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturi hamda deputatlikka nomzodlarni keng targ‘ib etishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda barcha nomzodlar ishtirok etdi. Muloqotda “Har bir inson farovonligi” uchun shiorini o‘zida mujassam etgan partiya maqsadlari aniq vazifalar ro‘yobiga qaratilgani bilan ahamiyatli ekani ta’kidlandi.

Saylovoldi dasturidan o‘rin olgan ijtimoiy himoyani kuchaytirish, pensiya tizimiga o‘zgartirishlar kiritish, nogironligi bor shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash bilan bog‘liq taklif va tashabbuslar mazmun-mohiyati aniq misollar bilan tushuntirildi.

Saylovda faol bo‘lish, Xalq demokratik partiyasi va nomzodlariga ovoz berishga chaqirildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish