Har bir inson farovonligi uchun g‘oyalari targ‘ib qilinmoqda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Toshkent viloyati faollari boshlang‘ich partiya tashkilotlari, volontyorlik guruhlari tomonidan Yangiyo‘l shahrida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda partiyaning yangi Saylovoldi dasturi, nomzodlar tanishtirildi.

Uchrashuvda nomzodlar o‘zlarining ijtimoiy adolat, ijtimoiy tenglik tamoyillari asosida ishlab chiqqan saylovoldi dasturlari bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi. Shu bilan birga uchrashuvda, saylovchilardan saylovda faol bo‘lishga hamda Xalq demokratik partiyasi nomzodlariga ovoz berishga chaqirildi.

Shundan so‘ng targ‘ibot guruhi vakillari va nomzodlar "Oltinobod" MFYda yashovchi nogironligi bo‘lgan Gulnora O‘rinboyeva hamda Turniyaz opa Turdiyeva xonadonlariga tashrif buyurib, partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzodlar, partiyaning Saylovoldi dasturi haqida tushuntirib berishdi.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish