Tashabbuslar mohiyati tushuntirilmoqda

 

Xazorasp tuman Pedagogika kollejida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi targ‘ibot-tashviqot uchrashuvlari tashkil qilindi.

 Partiyaning keng jamoatchilik vakillari, saylovchilar fikr va takliflariga asoslangan Saylovoldi dasturida 10 yo‘nalishda 150 dan ortiq aniq takliflar joy olgan. Muloqotda partiyamizning asosiy g‘oyalari, shuningdek, yangi Saylovoldi dasturidagi eng muhim tashabbuslari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Har bir inson farovonligi, jamiyatimiz ravnaqi yo‘lida kurashayotgan partiyaning Saylovoldi dasturini qo‘llab-quvvatlashga chaqirib, uning faoliyati va tashabbuslariga oid flayerlar, bukletlar va yangi dastur o‘rin olgan kitobchalar saylovchilarga tarqatildi.

Tadbir savol javoblarga boy holatda o‘tkazildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish