Har bir inson farovonligi uchun!

 

Termiz davlat universiteti faollar zalida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan deputatlikka ko‘rsatilgan nomzodlar Mavjuda Hasanova hamda Shahnoza Normurodovalar saylovchilar bilan uchrashdi.

Tadbirda partiyaning yangi saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalar haqida atroflicha so‘z yuritilib, davlat va jamiyatni rivojlantirish, huquqlar va imkoniyatlar tengligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritishga oid ko‘plab taklif va tashabbuslar ilgari surilgani to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Partiya o‘z dasturiy maqsadlarga erishish yo‘lida keyingi besh yillik uchun 10 ta yo‘nalish 15 ta strategik qadamdan iborat ustuvor vazifalar belgilab olingani ta’kidlandi.

Shuningdek, yurtdoshlarimizni saylovlarda faol ishtirok etishga chaqirildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish