Jarqo‘rg‘on tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab internati hovlisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Mavjuda Hasanovaning saylovchilar bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Unda barcha nomzodlar, nuroniylar, partiyaning boshlang‘ich tashkilotlari vakillari va a’zolari, mahalla faollari, partiyaga xayrixoh yoshlar, xotin-qizlar OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda nomzod tomonidan partiyaning yangi saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalar haqida atroflicha so‘z yuritilib, davlat va jamiyatni rivojlantirish, huquqlar va imkoniyatlar tengligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritishga oid ko‘plab taklif va tashabbuslar ilgari surilgani to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, partiyaning maqsadi – har bir inson uchun ijtimoiy tenglik va adolat tamoyillari asosida munosib yashash sharoitini yaratish.
Uchrashuv savol javoblarga boy tarzda o‘tdi.