Targ‘ibot uchrashuvlari eng chekka hududlarda ham o‘tmoqda

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi yurtimizda birinchi tashkil etilgan siyosiy partiya sifatida barcha saylovlarda faol qatnashib, dasturiy maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha munosib natijalarga erishib kelmoqda. Ijtimoiy tenglik va birdamlik, huquqlar va imkoniyatlar tengligini ta’minlash, ijtimoiy himoya va ehtiyojmandlarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq g‘oyalarning ahamiyati bugungi kunda ham juda dolzarb.

Saylovda g‘alaba qozonish, parlamentda ko‘proq o‘ringa ega bo‘lish, mahalliy Kengashlardagi deputatlarning ustunligiga erishish uchun partiyaning Sirdaryo viloyatidagi Kengashi vakillari, faollari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari hamda volontyorlar guruhi ham barcha kuch va imkoniyatlarini ishga solgan. Guliston shahri, hattoki viloyatning chekka hududlaridagi ko‘chalarga partiyaning “Har bir inson farovonligi uchun” shiorlari, nomzodlar suratlari va tashabbuslari aks etgan bannerlar osib chiqilgan. Saylovoldi targ‘ibot uchrashuvlari eng chekka hududlarda ham tashkil etilmoqda.

Shirin shahar Yoshlar markazida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va uning nomzodlarining saylovoldi tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Sh.Namozova, O‘zXDP Shirin shahar Kengashi raisi N.Akramova hamda viloyat, tuman kengashi deputatligiga nomzodlar ishtirok etdi.

Nomzodlar tomonidan partiyaning yangi saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalar haqida atroflicha so‘z yuritilib, davlat va jamiyatni rivojlantirish, huquqlar va imkoniyatlar tengligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritishga oid ko‘plab taklif va tashabbuslar ilgari surilgani ta’kidlandi.

Xususan, partiya saylovoldi dasturidan malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan bo‘lib, bu borada partiya tibbiy sug‘urtani joriy etishning huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida “Davlat tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish, keksalar va onkologik kasallar uchun sifatli xizmat ko‘rsatishning yuqori standartlarini ta’minlashga qaratilgan xospis tizimini rivojlantirish va “Xospis xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish takliflarini ilgari surmoqda.

Aholi bilan muloqotlar chog‘ida saylovda faol bo‘lish hamda Xalq demokratik partiyasi nomzodlari, uning dasturi va albatta, partiyaga ovoz berishga chaqirilmoqda.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish