Har bir inson farovonligi uchun ovoz bering!

 

O‘zXDPdan Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Kulbekova Nasiba Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi binosida saylovchilar bilan uchrashdi.

Muloqotda partiyaning yangi saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalar haqida atroflicha so‘z yuritilib, davlat va jamiyatni rivojlantirish, huquqlar va imkoniyatlar tengligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritishga oid ko‘plab taklif va tashabbuslar ilgari surilgani to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Partiya o‘z dasturiy maqsadlarga erishish yo‘lida keyingi besh yillik uchun 10 ta yo‘nalish 15 ta strategik qadamdan iborat ustuvor vazifalar belgilab olingani ta’kidlandi.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish