Targ‘ibot uchrashuvlari davom etmoqda
Targ‘ibot uchrashuvlari davom etmoqda

 

Toyloq tumanidagi Adas mahallasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda viloyat va mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda Xalq demokratik partiyasi Toyloq tuman kengashi raisi Q.Nizomov so‘zga chiqib, partiyaning saylovoldi dasturi va unda ilgari surilgan tashabbuslar haqida so‘z yuritdi. Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Umidjon Hoshimovning ishonchli vakili, Axborot-kutubxona markazi direktori F.Hafizov nomzodning tarjimai holi va saylovoldi dasturi bilan tanishtirib o‘tdi.

Uchrashuvda partiya Saylovoldi dasturida nazarda taklif va tashabbuslarning mazmun-mohiyati aniq misollar bilan tushuntirib berildi.

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish