XDP nomzodlari mahallalarda

 

Saylov kampaniyasining so‘nggi kunlari. Joylarda nomzodlar va ularning ishonchli vakillari maksimal darajada ko‘proq saylovchilar bilan uchrashishga, keng aholi qatlamini qamrab olishga bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etmoqda.

Xususan, xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi deputatligiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Feruza Mustafayeva Nishon tumani 9-sonli oilaviy poliklinikada, 31-umumta’lim maktabida uchrashuv o‘tkazdi. Shuningdek, “Paxtazor”, “Gulzor” mahallalari aholisi bilan muloqot o‘tkazdi.

Tadbir davomida nomzod partiyaning saylovoldi dasturida belgilangan ijtimoiy himoya, ijtimoiy tenglik va ijtimoiy adolat tamoyillarini yuzaga chiqarish yuzasidan belgilangan ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, barchani saylovda faol ishtirok etib, O‘zbekiston XDP va uning nomzodlarga ovoz berishga chakirildi. Yig‘ilganlarga targ‘ibot vositalari tarqatildi.

Viloyat Kengashiga partiyadan yana bir nomzod Olim Ravshanov Qamashi tumanidagi “Kattao‘ra” va “Ko‘kbuloq” MFYda yashovchi saylovchilar bilan uchrashdi. Uchrashuvda nomzod saylovchilarga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Saylovoldi dasturining mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi. Jumladan, kam ta’minlangan, nogironligi bor fuqarolar, qarovchisiz qolgan yakka-yolg‘iz qariyalar manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalarining qonun hujjatlarida mustahkamlanishiga erishish partiya ilgari surgan g‘oyalarga hamohang va uyg‘un ekani tushuntirildi.

Aytish kerakki, tuman Kengashiga nomzodlar ham faol tarzda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, partiya g‘oyalari va dasturiga oid ma’lumotlarni keng aholi orasida targ‘ib qilishga astoydil kirishgan. Xususan, tuman Kengashi deputatligiga partiyadan nomzod T.Uzaqov “Olmazor” va “Xazora” MFYlarida targ‘ibot ishlarini olib bordi. Muloqotda saylovchilar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarning avvalgi saylovlardan farqli jihatlari va o‘ziga xosligi, Xalq demokratik partiyasining saylovoldi platformasi, jumladan, partiyadan deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatilganlarning saylovoldi dasturlari bilan tanishtirildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish