Mahallalarda yuzma-yuz muloqotlar
Ijtimoiy adolat va tenglik, ijtimoiy birdamlik, ijtimoiy demokratiya g‘oyalariga asoslangan holda ijtimoiy demokratik davlatni barpo etishni maqsad qilgan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi vakillari joylarda keng ko‘lamli saylovoldi targ‘ibotlarini olib bormoqda.
Jumladan, Toshkent viloyatidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatligiga qo‘yilgan nomzodlar ham aholi bilan yaqindan muloqot qilmoqda. Xususan, Ohangaron va Olmaliq tumanlarining qator mahallalaridagi xonadonlarda bo‘lib, partiyaning yangi Saylovoldi dasturi saylovchilarga tushuntirildi.