Qo‘ng‘irot tumanidagi Madaniyat saroyida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatligiga 47-Sanoat saylov okrugidan nomzod Rustam Saparbayevning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda nomzodning ishonchli vakili nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.
Samimiy muloqot tarzida o‘tgan muloqotda Qoraqalpog‘iston nomzod Rustam Saparbayev tomonidan Saylovoldi dasturidagi eng muhim yo‘nalish, xalq manfaatlari nuqtai-nazaridan ishlab chiqilgan g‘oya va takliflar saylovchilarga tushuntirib berildi.
Partiya faoliyati va tashabbuslariga oid targ‘ibot vositalari, partiyaning va nomzodning targ‘ibot vositalari tarqatilishi bilan birga saylovchilarning turli savollariga batafsil javoblar berildi.
Saylov jarayonlarining muhimligi tushuntirilib, saylovda faol qatnashishga va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va uning nomzodlariga ovoz berishga chaqirildi.