Mahallalarda targ‘ibotlar davom ettirilmoqda

 

Ma’lumki, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ijtimoiy tenglik, ijtimoiy adolat, huquqlar va imkoniyatlar tengligi, davlat mas’ulligi va birdamlik g‘oyalari uchun kurashadi. Shundan kelib chiqib, kuchli ijtimoiy siyosat yuritishga qaratilgan 150 ga yaqin taklif va tashabbuslar har bir fuqaroning turmush sharoiti va sifatini yuqori darajaga chiqarish g‘oyalariga yo‘g‘rilgan.

Xalq demokratik partiyasining qoraqalpog‘istonlik faollari respublikaning barcha hududlari, tumanlari, qishloq va ovullarida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini davom ettirmoqda. Saylovchilar bilan muloqotlarda partiyaning asosiy g‘oya va tashabbuslari tushuntirib berilyapti.

Aytish kerakki, aholi o‘rtasida iste’mol xarajatlarida keskin farq bo‘lishiga, ya’ni tabaqalanishga yo‘l qo‘ymaslik, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga davlat tomonidan yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish qadriyatlariga sodiqlik pozitsiyasini namoyon etib kelayotgan Xalq demokratik partiyasi joylardagi uchrashuv va muloqotlarda saylovchilarni qiziqtirgan barcha savollariga javob qaytarmoqda.

Shuningdek, nomzodlar aholini faollikka chaqirib, 27-oktabr kuni o‘tishi kutilayotgan mazmunan yangi va texnologik saylovlarning har bir hamyurtimiz hayotida tutgan o‘rni, ahamiyati xususida fikrlarini bildiryapti. Faol va tashabbuskor, dasturi hayotiy hamda dolzarb bo‘lgan deputatlikka nomzodlarni saylash saylovchilarning burch va mas’uliyati ekani ta’kidlanmoqda.

 

 

 

 

 

Teglar

Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish