Xalq demokratik partiyasini taniysizmi?
Xalq demokratik partiyasi xalq xizmatidagi davlatni qurish yo‘lidagi tashabbuslarni ilgari suradi.
Buning uchun avvalo, O‘zbekistonni xalq xizmatidagi davlatga aylantirish lozim. Shuningdek, pensiya va nafaqalar yashash uchun yetarli bo‘lishi, har bir inson bilim olishi, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi, uy-joyli bo‘lishi zarur.
Xalq demokratik partiyasi har bir inson farovonligi uchun haqiqiy ijtimoiy davlat qurish yo‘lidagi g‘oyalarimiz asosida tanlagan yo‘li — kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, bu boradagi vazifalarni hayotga izchil tatbiq qilish pozitsiyasida xalqqa xizmat qilishda davom etadi.