Faxriylar hamisha ardog‘imizda

 

Bugun Xalq demokratik partiyasi tashkil topganiga 33 yil to‘ldi. O‘tgan yillar davomida barcha Prezidentlik hamda deputatlik saylovlarida faol qatnashib kelayotgan, siyosiy maydonda o‘z so‘zi va o‘rniga ega bo‘lgan partiyaning tug‘ilish tarixiga nazar tashlasak.

1991 yil 14 sentabrda faollar guruhi o‘tish davrida manzilli ijtimoiy yordam va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholi qatlamlari va guruhlari manfaatlarini ifoda etuvchi va ilgari suruvchi partiyani tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. O‘rganishlar va izlanish uzoqqa cho‘zilmadi. 1991 yil 1 noyabrga kelib O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining I Ta’sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoy partiya Ustavi va Dasturini qabul qildi, uning ijtimoiy-siyosiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi.

Ushbu tarixiy voqelikka ham 33 yil bo‘ldi. Bu vaqt oralig‘ida partiyaning faoliyati va tarkibida ko‘plab o‘zgarishlar, yangilanishlar kuzatildi. Yillar davomida partiya g‘oyalarini o‘z qarashlari, maqsadi bilgan ko‘plab fidoyilar uning safida ishladi, mehnat qildi.

Xalq demokratik partiyasi bayrami munosabati bilan faxriylarni, partiyaga xizmati singgan fidoyilarni yo‘qlab borish esa yaxshi an’anaga aylangan. Bu yil ham Markaziy Kengash xodimlari ularning holidan xabar oldi.

Xususan, Faxriylar kengashi a’zolari Sobir Qurbonov, Nosir Toirov, Dilorom Aliyeva, Galina Nikolayeva hamda Bo‘ritosh Shodiyevaning xonadonida bo‘lib, ular bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi. O‘tganlar xotirlandi, ezgu tilaklar, yaxshi niyatlar qilindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Faxriy
← Roʻyxatga qaytish