O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil topganining 33 yilligi munosabati bilan «Yoshlar qanoti» faollari ishtirokida «KECHA, BUGUN, ERTAGA» mavzusida yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi. Muloqotda partiya tashkil topgan kundan boshlab qanday salmoqli ishlarni amalga oshirgani haqida so‘z bordi. 1991 yildan shu kungacha bosib o‘tgan yo‘li, yutuqlari, xalq orasidagi faoliyati haqida ma’lumot berildi.
Shu bilan birga, «Yoshlar qanoti» faol a’zolari tomonidan partiya yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, siyosiy bilimni oshirishga qaratilgan qanday amaliy loyihalarga ega ekani haqida ham fikr yuritildi. Partiya yoshlarga, yangi tashabbuslarga hamisha ochiq ekani ta’kidlandi.
Tadbirda, shuningdek, Xalq demokratik partiyasining saylovoldi tadbirlarida hamda yil davomida partiya loyihalarida volontyor sifatida faollik ko‘rsatgan yoshlarga minnatdorlik bildirildi. Ularning tashabbuskorligi, islohotlarga, o‘zgarishlarga daxldorligi tahsinga sazovor ekani qayd etildi.
Yoshlar bundan keyin ham partiya g‘oyalarini aholi orasida targ‘ib qilishda partiya safida bo‘lishga chaqirildi.
Ikki tomonlama fikr-mulohazalarga asoslangan samimiy muloqot so‘nggida yoshlar partiya Markaziy Kengashi tomonidan taqdirlandi.