Xabaringiz bor, 2006-yildan beri noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi — Tibbiyot xodimlari kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ham soha xodimlarini yo‘qlab, ularning sharafli va mashaqqatli kasbida muvaffaqiyatlar tilamoqda.
Xususan, Navoiy viloyat partiya kengashi xodimlari tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklash uchun Navoiy shahar 1-sonli oilaviy poliklinikaga bordi. Tashkilotchilar bayram egalarini tabriklar ekan tibbiyot sohasidagi o‘zgarishlarga ham to‘xtalib o‘tdi. Navoiy viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Zamira Tog‘ayeva so‘nggi yillarda yurtimizda tibbiyotga berilayotgan e’tibor natijasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida gapirdi. Tizimni yanada rivojlantirish, insonlarning dardiga darmon bo‘lish uchun esa soha xodimlarining mehnati, bilimi va tajribasiga tayanilishi ta’kidlandi. Shundan kelib chiqib, har bir tibbiyot xodimi yangi g‘oya va tashabbuslar muallifiga aylanishiga ishonch bildirildi.
Tadbir yakunida bo‘lgan fidoyi va jonkuyar bir guruh xodimlar partiyaning esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.