O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat kengashi Yoshlar sektori tashabbusi bilan Guliston shahar Qurilish kasb-hunar texnikumida "Yosh siyosatchilar maktabi" loyihasi tashkil qilindi.
Tadbirda yoshlarning siyosiy huquqiy savodxonligini oshirish yo‘llari, yoshlarga oid davlat siyosatining, davlat dasturining amalga oshirilishida partiya tashkilotlarining munosib ishtiroki, jamiyatni rivojlantirishda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy savodxonligini yuksaltirishga qaratilgan dolzarb g‘oyalar to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar xususida atroflicha ma’lumotlar berildi. Muloqot yakunida "Yoshlar qanoti" faollaridan bir guruhi partiya safiga qabul qilindi.