Safimiz yoshlar bilan kengaymoqda!
O‘zbekiston XDP Vobkent tuman kengashi 1-son kasb-hunar maktabida “Safimizdagi yoshlar” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi oldida yaqin 5 yillikda turgan ustuvor vazifalar yana bir bor muhokama qilinib, galdagi vazifalar belgilab olindi.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va partiya saylovoldi dasturidagi dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqilishi barobarida yig‘ilganlarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Yakunda 30 nafardan ziyod yoshlar partiya safiga qabul qilindi.