Muhim va global tashabbuslar
Muhim va global tashabbuslar

 

Turkiy davlatlar tashkiloti dunyodagi eng tez rivojlanayotgan va samarali ishlayotgan tuzilmaga aylanib borayotgani hammamizni quvontirmoqda. Qisqa vaqt mobaynida amaliy hamkorlik uchun qator yangi platformalar yaratildi. Bir qator nufuzli global va mintaqaviy tuzilmalar bilan yaqin hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

Bishkekdagi sammit bu hamkorlikning davomi sifatida yangi tashabbuslarga zamin yaratdi. Turkiy dunyosini mustahkamlash, iqtisodiy integratsiya, barqaror rivojlanish, raqamli kelajak va barcha uchun xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan uchrashuv mamlakatimiz uchun o‘ta muhim masalalarda kelishib olishga erishilgani bilan ahamiyatlidir. Jumladan, Qirg‘iziston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Turkiy tinchlik xartiyasi qabul qilindi. Ushbu tarixiy hujjat turkiy mamlakatlarning mavqeini oshiribgina qolmay, o‘zaro manfaatli va do‘stona aloqalarni chuqurlashtirish, ular o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlatimiz rahbari asosiy shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish va mustahkamlash kerakligini bildirdi. Buning uchun turkiy davlatlarning strategik sherikligi, abadiy do‘stligi va qardoshligi to‘g‘risidagi shartnomani qabul qilishni taklif etdi. Bu keng qamrovli hujjatning ishlab chiqilishi barcha qardosh xalqlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, deb ishonaman.

 

Nuriddin XOLMATOV,

O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi raisi.

 

 

 

 

 

Teglar

Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish