Chirchiq shahar 24-Sharq saylovi okrugi deputati N.Raxmanberdiyeva tashabbusi bilan Axborot kutubxonada markazida "Xotin qizlar huquqlarini himoya qilamiz" mavzusida markaz xodimlari bilan hamkorlikda davra suhbati o‘tkazildi.
Muloqotda xotin-qizlarning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarni huquqiy savodxonligini oshirish, har bir sohada inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash haqida tushuntirish berildi.
Shuningdek, mamlakatimizda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, ishsiz ayollar bandligini ta’minlash, yurtimizda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, imtiyozlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Uchrashuvda ishtirokchilar ham faol qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.