Safimiz yoshlar bilan kengaymoqda

 

O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat kengashi Qo‘qon shahridagi oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan «Safimizdagi yoshlar» loyihasi doirasida uchrashuvlar tashkil etdi.

Dastlabki uchrashuv Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali talabalari bilan bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat kengashi raisi v.b. Shoxrux O‘ktamov nutq yoshlarga ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol bo‘lish haqida fikrlarini bildirdi. Xususan, o‘z qobiliyatlarini rivojlantirish, kelgusida raqobatli mehnat bozorida kafolatlangan ish bilan ta’minlanishida partiyaning yoshlar bilan ishlash yo‘nalishidagi loyihalar katta ko‘makchi bo‘la olishini ta’kidladi.

Fikr mulohazalardan so‘ng, Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali direktori Muzaffarjon Maqsudov partiyaga xayrixohlik bildirdi. O‘zi boshchiligida universitet jamoasi va yoshlari bilan Xalq demokratik partiyasiga a’zo bo‘lish tashabbusini ilgari surishdi. Uchrashuv so‘nggida partiya guvohnomalari va esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.

Kun davomida uchrashuvlar Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida ham tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvlarda yoshlar o‘z g‘oya va tashabbuslarini amalga oshirishda, vakillik organlari bilan hamkorlik qilishda, qolaversa, kelgusida partiyadan deputatlikka o‘z nomzodlarini ilgari surib, yosh deputatlar sifatida faoliyat olib borishlarida partiyaning o‘rni va roli haqida atroflicha ma’lumot oldilar.

Uchrashuvlar davomida jami 50 dan ziyod yoshlar partiya a’zoligiga qabul qilindi hamda kelgusida partiya loyiha va tadbirlarida birgalikda jonbozlik ko‘rsatishga kelishib olindi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish