Mukammal va hayotiy qonunlar qabul qilish burchimiz
Mukammal va hayotiy qonunlar qabul qilish burchimiz

 

Qonunlar jamiyat ustuni, demak mukammal va hayotiy qonunlar qabul qilish, adolatli jamiyat barpo etishga burchlimiz, bu zimmamizdagi birlamchi vazifa. Davlatimiz rahbarining nutqini tinglab, shular haqida o‘yladim. Ayni vaqtda faoliyatimizni yanada kuchaytirish, yangi o‘zgarishlar ostonasida turganimizni his qildim.

Prezidentimiz to‘g‘ri ta’kidladi – yangi davrda parlament quyi palatasi g‘oyalar generatoriga, sog‘lom raqobat, bahs va munozaralar maydoniga aylanishi kerak. Joylarda aholi farovonligini oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda parlamentning faol ishtirok etishi muhimligi qayd etildi. Saylovchilar bilan muloqotlar paytida bildirilgan fikr-mulohazalar, amaliy taklif va tashabbuslar asosida biz dasturlarni yanada takomillashtirish ustida ish olib borishimiz kerak, deb o‘ylayman.

Fuqarolarning tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezident Qonunchilik palatasi huzurida Jamoaviy tashabbuslar bo‘yicha parlament komissiyasini tashkil etish taklifi chuqur ma’noga ega. Chunki, mamlakatimizning taqdiri va farovonligi bilan bog‘liq ustuvor masalalarni hal etishda keng jamoatchilik, har qaysi fuqaroning fikri o‘ta muhimdir. Bu xalqchil davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, inson qadr-qimmatini ta’minlashga xizmat qiladi.

Albatta, har bir sa’y-harakat, islohot zamirida parlamentni haqiqiy xalq uyiga, yuqori samara bilan ishlaydigan tizimga aylantirish istagi mujassam. Islohotlarimiz sur’atini pasaytirmasdan, shiddat bilan rivojlanayotgan zamonga mos harakat qilsak, ko‘zlangan natijaga erishamiz. Biz ana shu hal qiluvchi tamoyilni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak.

 

Anvarxon TEMIROV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi

O‘zXDP fraksiyasi a’zosi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Oliy Majlis Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish