Maqsad muhim, ijro, erishish undan ham muhim
Maqsad muhim, ijro, erishish undan ham muhim

 

Parlament qutlug‘ maskan. Bu yerda mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida muhim qonun va qarorlar qabul qilinadi. Ushbu nufuzli dargohga kirar ekanman, yuksak ishonchga munosib bo‘lish mas’uliyatini yanada chuqurroq his qildim.

Prezidentimiz o‘ttiz yetti milliondan ortiq aholiga ega O‘zbekistondek katta davlatning parlamenti a’zosi bo‘lish ulkan sharaf ekanini ta’kidladi.

Shunday hayajonli daqiqalarda bir fikrni alohida ta’kidlashni istardim: maqsad muhim, ijro, erishish undan ham muhim. Prezidentimizning parlament minbarida turib, aytgan har bir taklifi, vazifasi biz uchun dasturulamaldir. Ko‘tarilgan har bir masala aniq va o‘rinlidir.

Deputatlarning saylov okrugidagi faoliyati asosan uchrashuvlar tashkil etish, shikoyat va savollarga rasmiy javob berishdan iborat bo‘lib qolayotgani, islohotlarning muhim qismi bo‘lgan kambag‘allikni qisqartirish masalasida deputatlarimiz hali o‘z o‘rnini topa olmagani ta’kidlandi.

Kambag‘allikni qisqartirish, aholining daromad manbalarini mustahkamlash, xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash hammamizning muhim vazifamizdir. Buning uchun, albatta, yaratuvchanlik, bunyodkorlik ruhida yashayotgan odamlarimizning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga o‘zimizni mas’ul hisoblashimiz kerak.

Bu boradagi tanqidiy fikrlardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, yaxshi natija uchun ishlashga bor kuch-g‘ayratimizni bag‘ishlaymiz.

 

Ibo NARIZOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi

O‘zXDP fraksiyasi a’zosi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Bizning deputat Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish