Ijtimoiy himoya tizimli davom etadi
Ijtimoiy himoya tizimli davom etadi

 

Fraksiya majlisida qayd etildiki, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordamlar to‘lash, Ijtimoiy himoya milliy agentligining tizim tashkilotlarini (bolalar va mehribonlik uylari, voyaga yetmaganlar bilan ishlash sektorlari hamda oilaviy bolalar uylari), suv xo‘jaligi tashkilotlarini saqlash xarajatlari respublika budjetidan moliyalashtirish tartibi o‘zgarishsiz qoldirilmoqda.

Bu ijtimoiy himoyaning tizimli davom etishida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Loyihaga ko‘ra, davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari (budjetlararo transfertlarni inobatga olmagan holda) 66,5 trln so‘m miqdorida, xarajatlari esa 117,2 trln so‘m miqdorida rejalashtirilmoqda.

Fraksiya a’zolari Davlat budjeti loyihasidagi aksariyat mablag‘lar bevosita fuqarolarning turmush darajasini oshirish uchun yo‘naltirilayotganiga urg‘u berishdi. Mazkur mablag‘lar maqsadli va samarali ishlatilishi ijtimoiy kayfiyatga, mamlakatimizning ijtimoiy barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi.

Xalq demokratik partiyasi Davlat budjetida ko‘zda tutilgan ijtimoiy xarajatlarning aniq maqsadli bo‘lishi ustidan deputatlik nazoratini o‘rnatish, mazkur yo‘nalishda ijro hokimiyati bilan hamkorlikni izchil yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi.

Yig‘ilishda fraksiya a’zolari o‘z munosabatlarini bildirib o‘tishdi, sohalarga mablag‘lar rejalashtirilishi bilan bog‘liq masalalarda mas’ullarga savollar bilan murojaat qilishdi.

Bahs-munozara va savol-javoblardan so‘ng qonun loyihasi qabul qilindi.

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish