Deputat fuqarolarning murojaatlarini eshitdi

 

Davlatimiz siyosatining maqsadi xalq vakillari bo‘lgan deputatlarni xalqimizga yaqinlashtirish, ularning dard tashvishlari bilan yashash va fuqarolarning o‘zi saylagan nomzodlariga va siyosiy partiyalarga bo‘lgan ishonchini oshirishdan iboratdir.

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati Sh.Mamadetsoyev o‘zi saylangan 40-“Xovos” Saylov okrugi hududidagi “Oqchangal”, “Obod yurt”, “Gulbahor”, “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Ijtimoiy sohadagi muammolar yuzasidan mahalla aholisi bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda mahallalar raislari bilan birgalikda o‘rganish ishlarini olib bordi. “Oqchangal” MFYdagi 8-28-maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, fuqarolarning kadastr hujjatlari, ayrim ko‘chalardagi eskirgan sim yog‘ochlarni almashtirish bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi.

Aholi bilan muloqotlar davomida ularning o‘zlarini qiziqtirgan savollariga deputat tomonidan atroflicha javoblar va tushuntirishlar berib o‘tildi.

O‘rganishlar so‘ngida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati Sh.Mamadetsoyev ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan qisqa vaqt ichida viloyatdagi tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqargan holda hal etilishini ta’kidladi.

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish