Zo‘ravonlik oqlanmaydi

 

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” kampaniyasi doirasida O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi tomonidan Toshkent shahrida “Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilamiz” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi, Qoraqalpog‘iston respublika, viloyatlar hamda Toshkent shahar kengashlari mas’ul xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari, mahalliy kengashlar deputatlari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi “Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish” respublika Markazi mas’ullari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda BMTning “Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida”gi konvensiya mazmun-mohiyati, O‘zbekistonda ratifikatsiya qilinganligi, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilingan Qonun va Qonunosti hujjatlari, ularda belgilangan maqsad, vazifalar haqida keng tushunchalar berildi.

Ma’ruzachilar, mutaxassislar tomonidan Bosh Qomusimiz hamda qonunlardagi xotin-qizlar huquqlarining kafolatlari, ularni qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslari va xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni himoya qilish borasida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar haqida tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ayol deputatlarga xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularning muammolarini yechishning samarali usullari, zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha siyosiy partiyalar, deputatlar oldida turgan vazifalar haqida foydali ma’lumotlar berildi. Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi yil davomida, doimiy kurashish lozimligi ta’kidlandi.

Muloqot so‘nggida “Zo‘ravonlik oqlanmaydi” nomli qisqa metrajli videorolik namoyish etildi.

Tadbir savol-javob va bahs-munozaralar ostida qiziqarli o‘tdi, bildirilgan taklif va fikrlar asosida tavsiyalar ishlab chiqilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish