Konstitutsiya – ijtimoiy davlatning huquqiy asosi

 

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi bayrami munosabati bilan “Xotin-qizlarning huquqiy bilimlarini oshirish oyligi” doirasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi mas’ullari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zolari, O‘zbekiston XDP Nukus shahar kengashining “Qumbыz ao‘ыl” boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari, partiya faollari, Nukus davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Nazira Matyakubova Konstitutsiya mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, uning har bir moddasida fuqarolarning manfaati va qonuniy huquqlarini ta’minlash kelajak avlodlar oldidagi katta mas’uliyatni nazarda tutadigan normalar belgilab berilganini ta’kidladi. Shuningdek, mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishda yoshlar Konstitutsiyada belgilab berilgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy huquq va majburiyatlarini, burchlari hamda erkinliklarini chuqur bilishlari zarurligi qayd etildi.

Bundan tashqari, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi. Ayollar uchun yaratilayotgan sharoit, berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, xotin-qizlarning haq-huquqlari ta’minlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Shu bilan birga, xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishi, imtiyozli uy-joy, kreditlarga ega bo‘lishi borasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturiy maqsad vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayogan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Tadbirda Nukus davlat pedagogika instituti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sayyora Bekchanova so‘zga chiqib, Konstitutsiyadagi yoshlarga oid qator normalar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Xususan, yoshlar huquqlari aks etgan moddaga ko‘ra, davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlashi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantirishi belgilanganini qayd etdi. Shuningdek, davlat yoshlarning ma’naviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratib berishi belgilanganligini ta’kildlab o‘tdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati haqida keng tushunchaga ega bo‘ldilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat
← Roʻyxatga qaytish