Yangi saylangan deputatlar mahallalarda

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan siyosiy partiyalarning jamiyatimiz hayotida tutgan o‘rni va mavqeini mustahkamlash borasida bir qator vazifalar belgilab berildi.

Deputatlar va xalq o‘rtasida doimiy muloqotni amalga oshirish, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar va qabul qilinayotgan qonun hamda qarorlarning mazmun mohiyatini aholiga yetkazish, hududlarda odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni joyiga chiqqan xolda o‘rganish va bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida O‘zbekiston XDP tadbirlarni boshlab yubordi.

Xususan, Jizzax viloyat partiya kengashi tomonidan Paxtakor tumanidagi "Chamanzor" MFYda tuman hokimi A.Ashurov, O‘zXDP Jizzax viloyat kengashi raisi N.Xolmatov, deputatlar hamda barcha mas’ul rahbarlar ishtirokida “Deputat mahallada” loyihasi doirasida uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda fuqarolar bilan suhbatlashildi, ularni qiynayotgan masalalar yozib olinib, joyida mas’ullarga ijobiy yechim qilinishi bo‘yicha biriktirildi.

Murojaatlarning mazmuniga qarab, ayrimlari huquqiy maslahatlar va tushuntirishlar berildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish