Partiya yoshlar bilan

 

Xalq demokratik partiyasi Namangan viloyat kengashida Namangan davlat instituti tabiiy fanlar fakulteti talabalari bilan Konstitutsiyaning 32 yilligi oldidan korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda hayotimizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarga Bosh qomusimiz huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani tushuntirildi. Xususan, Asosiy qonunimiz bilan mamlakatimizda inson manfaatlarini ulug‘lashning huquqiy asosi yuksak darajada mustahkamlab qo‘yilgani ta’kidlandi. Ayniqsa, odamlarning dardi, o‘y-tashvishlari mutasaddilar hamda deputatlar bilan yuzma-yuz muloqotlarda tinglanayotgani, muammolarni joyida hal etish choralari ko‘rilayotgani buning tasdig‘i ekani ta’kidlandi.

Qayd etildiki, hududlardagi qurilish va bunyodkorlik ishlari, odamlarning turmush darajasi yuksalib borayotgani ham Bosh qomusimizda belgilab qo‘yilgan qoida va tamoyillar ustuvorligi ta’minlanayotgani isbotidir. Konstitutsiyamizning ahamiyati barcha tadbirlarda jonli misollar vositasida tushuntirilayotgani yurtdoshlarimizda bugunidan shukronalik, ertangi kunga ishonch tuyg‘usini mustahkamlamoqda.

Davra suhbati chog‘ida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Tadbir davomida talabalar partiya kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

 

 

 

 

 

← Roʻyxatga qaytish