3-dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida 1992-yilda qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasining qaroriga binoan nishonlana boshladi. Uning maqsadi - jamiyat hayotining barcha sohalarida nogironlar huquqlarini rag‘batlantirish, shuningdek, nogironlar muammolariga keng jamoatchilik e’tiborini jalb qilishdan iborat.
O‘zbekiston XDP Qibray tumani kengashi Toshkent viloyati kengashi bilan hamkorligida Toshkent viloyati Psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tipdagi bolalar uyida ham "Mehr ulashaylik" shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbirda Toshkent viloyati kengashi raisi A.Umaraliyev xamda tuman deputatlari ishtirok etishdi.
Bolajonlar va ertak qahramonlari ishtirokida sahnalashtirilgan ko‘ngilochar dasturlar namoyish etilib, tarbiyalanuvchilarga quvonch ulashildi. Tadbir so‘ngida bolajonlarimiz uchun homiylarimiz tomonidan tayyorlangan sovg‘alar taqdim etildi.