Inson qalbiga yo‘l

 

Inson qalbiga yo‘l mehr-muruvvat va saxovatdan boshlanadi. Ming yillar davomida shakllangan mehr-oqibat, mehr-muruvvat tushunchalari asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan va ongimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning amaliy ifodasidir.

Yetim-yesirlar, yolg‘iz keksalar, musofirlarga, yordam muhtoj kishilarga muruvvat ko‘rsatish, sidqidildan beg‘araz ko‘mak berish kabi fazilatlar azaldan ma’naviyatimizning ajralmas qismi bo‘lib kelgan.

O‘zbekiston XDP Buxoro shahar kengashi tomonidan 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tashkil qilingan bayram tadbirida ushbu haqiqat bo‘y ko‘rsatdi. Buxorodagi “Muruvvat” ayollar internat uyida saqlanuvchilarni bayram bilan tabriklab esdalik sovg‘alari topshirildi. Sana munosabati bilan shahar madaniyat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish