Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolatidir. Shu bilan birga, mamlakat taraqqiyoti va har bir insonning hayot sifatini oshirish poydevoridir. Ushbu hujjat O‘zbekiston davlatchiligi shakllanishining eng yangi bosqichini boshlab berdi va bugungi kunda u har bir insonning huquq hamda erkinliklarini kafolatlamoqda.
Shundan kelib chiqib, Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universitetida tadbir tashkil qilindi. Uchrashuvda O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat kengashi raisi v.b Shoxruxbek O‘ktamov bilan "Rahbar va yoshlar" mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Sh.O‘ktamov tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda O‘zbekistonning ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yilgani ta’kidlandi. Bu partiyamiz g‘oya va maqsadlariga har tomonlama mushtarak ekani qayd etildi. Uning mazmuni tubdan takomillashtirilib, yangi bob va moddalar bilan boyitilgani haqida ma’lumotlar berildi. Yoshlarga tegishli moddalar va ularning samarali foydalanishning ahamiyati tushuntirildi.
Uchrashuv so‘nggida bir guruh yoshlar O‘zXDP a’zoligiga tantanali ravishda qabul qilindi.