«Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!»

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ushbu shior ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari I.Tursunov, A.Temirov, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Yoshlar sektori rahbari M.Nizomiddinov, Toshkent shahar partiya kengashi rais o‘rinbosari S.Shonazarov ishtirok etib talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

So‘z olganlar Prezidentimizning yangi chaqiriq Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasining birinchi majlislaridagi nutqini yoshlarga batafsil tushuntirib o‘tdilar. Shu bilan birga, mamlakatimiz taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘yib, barcha soha va tarmoqlarda tub islohotlar, jarayonlari haqida so‘z yuritildi.

O‘z navbatida ishtirokchilar ham mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Jumladan, Yunusobod tuman Kengashi deputati S.Sobirjonov millat iftixori bo‘lgan ajdodlarimizning vatan tinchligi yo‘lidagi kurashini e’tirof etdi. Ularning jasorati, mardligi bugungi yoshlarga o‘rnak bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

Muloqotda yoshlarga partiya haqida, uning loyihalari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Yoshlarga oid masalalarda tashabbuslari hamda ularni hayotga tadbiq etish yo‘llarida haqida fikr almashildi.

Yakunida talabalarni takliflari tinglanib, o‘z istagi bilan ularning 30 nafari partiya safiga qabul qilindi.

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish