O‘zXDP Jizzax shahar kengashi va deputatlik guruhi Konstitutsiyamiz tashkil topgan kun munosabati bilan “Deputat va yoshlar” loyihasi doirasida Jizzax davlat pedagogika universitetida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda mutasaddilar tomonidan yoshlarga yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizdagi o‘zgarishlar, uning davlat, jamiyat va ayniqsa, inson hayotida tutgan muhim o‘rni va ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shu bilan bir qatorda bugungi kunda yoshlarning har tomonlama zamonaviy bilimlarni egallab, kundalik hayotda o‘z munosib o‘rinini topishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarni ochib berishga asosiy e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida mazkur oliygohda talabalarga puxta bilim berish bilan bog‘liq holda zaruriy malaka hosil qilishga qaratilgan (Start.ap) loyiha doirasidagi amaliy mashg‘ulotlar tadbir tashkilotchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.