Farg‘onalik deputatlar: “saylovchilarga xizmat qilish oliy saodatdir”

 

Saylov o‘tdi. Ko‘rsatilgan nomzodlarning ma’lum qismi deputat etib saylandi. Odamlarning ishonchiga sazovor bo‘ldi. Aslida hammasi endi boshlanadi. Chunki bugun deputatlik maqomiga erishgan insonlar ertaga xalq oldida javob berishi kerak. Shu sababli har bir daqiqa g‘animat.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tajribaga tayanib, joylarda o‘quvlar tashkil etmoqda. Mahalliy Kengashlar deputatlarining oldida turgan muhim masalalar haqida tushuntirilyapti.

Farg‘onada bo‘lib o‘tgan ana shunday tadbirda partiya Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, hududiy partiya tashkilotlari mutasaddilari va deputatlar ishtirok etdi. Ta’kidlandiki, “Markaz-viloyat-tuman” tartibida ishlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu tizim orqali qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi ishlari butunlay yangi yo‘nalishda tashkil etilib, qonun loyihalarini qabul qilish va ko‘rib chiqishning demokratik tartib-qoidalari joriy etildi.

Shu tariqa Oliy Majlis ish uslubini viloyat kengashlariga, viloyat kengashlari ish uslubini esa tuman va shahar kengashlariga o‘rgatish imkoniyati paydo bo‘ladi. Vaholanki, hayotga, odamlar ichiga kirmasdan, ular bilan muloqot qilmasdan, faqat yuqoridan turib topshiriq berishdek nomaqbul tajriba endi ish bermasligini undan butunlay voz kechish vaqti kelganligini davrni o‘zi ko‘p bora ko‘rsatib berdi.

O‘quvda ana shular haqida so‘z borar ekan, bunda asosan deputatlar faollik ko‘rsatishi lozimligi ta’kidlandi. Jumladan, mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirish, ularni haqiqiy nazorat organiga aylantirish borasida huquqiy asoslar yaratilgani ta’kidlandi. Faqat ulardan to‘g‘ri va samarali foydalanish zarurligi qayd etildi va bu borada yig‘ilganlarga tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga, murojaatlar bilan ishlash, deputatlik so‘rovlarini tayyorlash, partiya guruhida masalalarni qay tartibda o‘rganib, doimiy komissiya va sessiyalar muhokamasiga olib chiqish borasida fikr almashildi. Yaqinda qabul qilingan partiyaning amaliy Harakatlar dasturidagi 120 dan ortiq vazifa, ularning vaqtida amalga oshirilishi Saylovoldi dasturi ijrosida hayotiy ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Ularning ijrosi ko‘p jihatdan hududlardagi partiya tashkilotlari hamda deputatlar zimmasiga katta vazifa yuklashi qayd etildi.

Amaliy muloqot jarayonida joylardagi partiya guruhi rahbarlari va deputatlarning rejalari bilan tanishilib, ularning fikr-mulohazalari, yangi taklif-tashabbuslari tinglandi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Saylov-2024
← Roʻyxatga qaytish