Konstitutsiya — oila, ayollar va yoshlarning huquqiy kafolati

 

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston XDP Sirdaryo viloyat kengashida "Konstitutsiya – oila, ayollar va yoshlarning huquqiy kafolati" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zuxra Shadiyeva, O‘zbekiston XDP Sirdaryo viloyat Kengashi raisi Sherali Mamadetsoyev hamda viloyat partiya kengashi "Yoshlar qanoti" a’zolari va faollar ishtirok etdi.

Tadbirda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi. Jumladan, Konstitutsiya jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan oila, bolalarning to‘laqonli va har tomonlama sog‘lom kamol topishi yo‘lidagi muhim hujjat ekaniga urg‘u berildi. Shuningdek, yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda yoshlarni barqaror rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratishi qayd etildi.

Ta’kidlandiki, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 14-bobi, Oila, bolalar va yoshlar deb nomlangan bo‘lib, beshta huquqiy normalarni o‘z ichiga olgani ahamiyatlidir. O‘zbekistonning ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yilgani esa O‘zbekiston XDP g‘oyalari va maqsadlariga har tomonlama uyg‘undir. Uning mazmuni tubdan takomillashtirilib, yangi bob va moddalar bilan boyitilgani haqida ma’lumotlar berildi.

Muloqotda, shuningdek, yoshlarga tegishli moddalar va ularning samarali foydalanishning ahamiyati tushuntirildi.

Tadbir so‘ngida yoshlar tomonidan takliflar bildirildi va huquqiy muloqotlarning ahamiyati, yoshlarga foydali jihatlari e’tirof etildi. Tadbirda faol qatnashgan yoshlarga partiyamiz sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish